Samarqandda "Brodvey" ochiladi
- 03.10.2020 08:08
- 820
- Samarqand

Yaqin orada Samarqand shahrida mamlakatimizdagi birinchi gastronomik "Brodvey" rasman ochiladi. Orzu Mahmudov ko‘chasi bo‘ylab qahvaxonalar, pitsseriyalar, shuningdek, turli xil restoranlar, jumladan, "Brighton", "Qanotcha", "Lagman House", "Evos", "Bar garaje", "Chopar" pitsseriyasi va boshqalar ochilmoqda.
Ushbu ko‘cha bo‘ylab sayohat qilgan mehmonlar betakror muhitga sho‘ng‘ib, dunyoning turli mamlakatlari taomlaridan tatib ko‘rishlari mumkin.
Samarqand viloyati turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati xabar bereshicha, kelgusida Orzu Mahmudov ko‘chasida turli festivallar o‘tkazish, ko‘cha musiqachilari va rassomlarini jalb qilish rejalashtirilgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Go‘shtning narxi tushdimi?
- 3 soat avval
- Iqtisodiyot
Afrosiyob shaxmati
- 3 soat avval
- Mutolaa
Beozor onaizor
- Kecha, 19:53
- Mutolaa
Mustaqillikka 34 yil: Farovonlik manzaralari
- Kecha, 18:50
- Jamiyat