Umumiy ovqatlanish ob’yektlari faoliyatini tiklash uchun qanday talablar belgilandi?

- 15 iyundan umumiy ovqatlanish joylariga ruxsat berildi. Bunda nimalarga rioya qilish kerak?

Ushba savolga AOKA shtabida bo‘lib o‘tgan brifingda Adliya vazirligi matbuot kotibi Sevara O‘rinboyeva javob berdi:

- Umumiy ovqatlanish ob’yektlari faoliyati tiklanishiga quyidagi talablar belgilandi:

• banketlar va boshqa ommaviy tadbirlarni o‘tkazishga yo‘l qo‘ymaslik;

• faoliyatini 8:00 dan 23:00 ga qadar tashkil etish;

• stollar oralig‘idagi 2 metrdan kam bo‘lmagan ijtimoiy masofani ta’minlash;

• bir stol atrofida 4 kishidan ko‘p bo‘lmagan (10 kishidan ko‘p bo‘lmagan bir oila a’zolari bundan mustasno) mijozlarni joylashtirish;

• xodimlarning tibbiy niqob va tibbiy qo‘lqopda bo‘lishi;

har bir mijozdan keyin stol va boshqa jihozlarning yuza qismini dezinfeksion vositalar bilan tozalash.

Eslatib o‘tamiz, Maxsus komissiya qaroriga ko‘ra, 2020 yil 15 iyundan boshlab “yashil” va “sariq” hududlarda umumiy ovqatlanish ob’yektlari faoliyatiga karantin talablari asosida ruxsat berildi.