Umumiy ovqatlanish ob’yektlarining ish tartibi qanday?

  11 avgust kuni viloyat pandemiyaga qarshi kurashish favqulodda komissiyasi karantin qoidalarini yumshatish to‘g‘risida qaror qabul qilgan va unda umumiy ovqatlanish ob’yektlari 8:00 dan 20:00 ga qadar faoliyat ko‘rsatishi belgilangan edi.

  12 avgust kuni esa respublika maxsus komissiyasining karantin choralari yumshatilishi bo‘yicha qaror e’lon qilindi. Unda ochiq havoda xizmat ko‘rsatuvchi umumiy ovqatlanish ob’yektlari (restoran, kafe, oshxona, choyxona)ga kech soat 23.00 gacha faoliyat ko‘rsatishga ruxsat berildi. Bunda, ushbu ob’yektlar uchun:

- banketlar va boshqa ommaviy tadbirlarni o‘tkazishga yo‘l qo‘ymaslik;

- stollar oralig‘idagi 2 metrdan kam bo‘lmagan ijtimoiy masofani ta’minlash;

- bir stol atrofida 4 kishidan ko‘p bo‘lmagan (oila a’zolari bundan mustasno) mijozlarni joylashtirish;

- xodimlarning tibbiy niqob va tibbiy qo‘lqopda bo‘lishi;

- har bir mijozdan keyin stol va boshqa jihozlarning yuza qismini dezinfeksion vositalar bilan tozalash talab etiladi.