Samarqandda 13 ta meva-sabzavotchilik klasteri faoliyat yurityapti

2020 yil yakuniga ko‘ra, viloyatda 13 ta meva-sabzavotchilik klasterlari tashkil etilgan. Ularga 21,5 ming gektar maydon biriktirilgan.

Klasterlar tomonidan qayta ishlash va saqlash quvvatlarini oshirish bo‘yicha qiymati 16,1 milliard so‘mlik 4 ta loyiha bajarilishi hamda klasterlar tomonidan 61,3 milliard so‘mlik 0,7 ming gektar intensiv bog‘ va 92,4 milliard so‘mlik 1,6 ming gekatar yangi tokzor tashkil etilgan.

Klasterlar tomonidan 2020 yilning 11 oyi davomida 28,2 million dollarlik 27,0 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlari xorij davlatlariga eksport qilindi.

2021 yil hosili uchun 2020 yil kuz oylarida barcha toifa xo‘jaliklarida to‘qsonbosti usulida 25,4 ming gektar maydonga sabzavot ekinlari, jumladan avgust-sentyabr oylarida 7 ming gektar yerga piyoz va sarimsoqpiyoz, noyabr-dekabr oylarida 18,4 ming gektar maydonga boshqa sabzavot ekinlari ekildi.

Akbar Norqo‘ziyev,

Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Samarqand viloyati kengashi raisi.