Samarqandda 220 ta sun’iy nafas berish apparati bor

► O‘tgan davrda Samarqand viloyatining 536 nafar fuqarosida koronavirus infeksiyasi aniqlangan.
► Bugungi kunda 69 nafar fuqaro kasallikdan davolanmoqda.
► Viloyatda 220 ta sun’iy nafas berish apparati bor.

► Viloyatda uy karantinida 2623 nafar fuqaro saqlanmoqda.
► Shifoxonalarda (maxsus joylarda) 152 nafar yurtdoshimiz koronavirusga shubhalanib, karantinda saqlanmoqda.

► Shu kungacha viloyatimizning 1953 nafar aholisi xorijdan qaytib keldi.
► Kun davomida 508 nafar fuqaro sanitariya qoidalarini buzganligi uchun jazolandi.

Samarqand viloyati koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha tadbirlarni muvofiqlashtirish hududiy idoralararo shtabi.