Samarqandda 23 kishi koronavirusga chalindi, 51 nafar bemor darddan forig‘ bo‘ldi

🔺 2021 yil 16 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 96 893 (+223) nafarni tashkil etmoqda.

🦠 Yangi kasallanish holatlarining:
📌 13 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
📌 6 nafari Andijon viloyatida,
📌 3 nafari Buxoro viloyatida,
📌 2 nafari Jizzax viloyatida,
📌 3 nafari Qashqadaryo viloyatida,
📌 2 nafari Navoiy viloyatida,
📌 8 nafari Namangan viloyatida,
📌 23 nafari Samarqand viloyatida,
📌 6 nafari Sirdaryo viloyatida,
📌 1 nafari Surxondaryo viloyatida,
📌 5 nafari Farg‘ona viloyatida,
📌 2 nafari Xorazm viloyatida,
📌 42 nafari Toshkent viloyatida,
📌 107 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

♻️Kecha respublikamiz bo‘yicha 192 nafar, shundan Samarqandda 51 nafar bemor tuzaldi.

⚫️ 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 670 nafarni tashkil qildi. Tibbiyot muassasalarida 3 920 nafar bemor davolanmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.