Samarqandda 3 606 gektar samarasiz bog‘ buziladi
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 18 dekabrdagi “Iqtisodiy jihatdan samarasiz, kam hosil beradigan bog‘ va tokzorlarni yaroqsiz deb topish tartibi to‘g‘risida”gi hamda Samarqand viloyati hokimining 2019 yil 24 dekabrdagi qarorlari qabul qilingandi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi viloyat boshqarmasi va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda viloyatimizda 3 ming 606 gektar iqtisodiy jihatdan samarasiz, kam hosilli, yaroqsiz bog‘ va tokzorlarning manzilli ro‘yxati shakllantirildi.
Eskirgan va samarasiz, bog‘ va tokzorlar o‘rnida intensiv bog‘ va tokzorlar barpo etish yoki ularni haydaladigan yerlar toifasiga o‘tkazib eksportbop va serdaromad qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish choralari ko‘rilmoqda. Bu albatta, viloyat eksport salohiyatining ortishiga olib keladi. Jumladan, 2019 yil viloyatda 32042,1 milliard so‘mlik yalpi qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarilib, uning 235 ming tonnasi eksport qilingan. Bu 2018 yilga nisbatan 2,4 baravar ko‘p. Shuningdek, bog‘dorchilikni rivojlantirish uchun o‘tgan uch yilda viloyatda 6,6 ming gektar intensiv bog‘ tashkil etildi.
“O‘zagroinspeksiya”ning viloyat boshqarmasi axborot xizmati.