Samarqandda Anesteziolog va reanimatologlarning navbatdagi anjumani o‘z ishini boshladi
Bugun Samarqand davlat tibbiyot universitetida “O‘zbekiston Respublikasi Anesteziolog va reanimatologlarning VI se’zdi” o‘z ishini boshladi.
Xalqaro nufuzdagi anjumanda Germaniya, Fransiya, Turkiya, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Koreya va boshqa bir qator mamlakatlar hamda respublikamizning tibbiyot oliy o‘quv yurtlari va tibbiyot markazlarining anesteziolog va reanimatologlari, taniqli olimlari, amaliyotchi-mutaxassislari ishtirok etmoqda.
Ikki kun davom etadigan tadbirda xorijiy va mahalliy anesteziolog va reanimatologlar o‘z bilim, tajriba va ko‘nikmalari bilan bo‘lishadi. Shuningdek, yangi texnologiyalardan qanday foydalanish usullari, bu sohada mavjud kamchilik va muammolarga ham yechim izlanadi.