Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etiladi

Ushbu maktablar viloyatning har bir tuman va shaharlarida, mustahkam moddiy-texnika bazasiga ega, o‘qituvchilarning yuqori salohiyati, ayni paytga qadar ta’lim sifati va samaradorligi bo‘yicha yutuqlarga erishib kelayotgan maktablarda tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

Ayni paytga qadar Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan 2020-2023 yillar davomida matematika, informatika, kimyo va biologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar tashkil etish bo‘yicha qator takliflar ishlab chiqilgan. Jumladan, viloyatning 16 ta tuman va shaharlarining 14 tasida matematika faniga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi, 2 tasida maktab-internatlarini tashkil etish rejalashtirilgan. Bu borada tegishli qarorlar qabul qilingach, ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktablari o‘z faoliyatini boshlaydi.

Bundan tashqari, yuqorida qayd etilgan talablarga javob beradigan maktablarda 2020-2021 o‘quv yilidan viloyatning har bir tuman va shaharlarida informatika, kimyo va biologiya fanlariga ixtisoslashgan davlat umumta’lim maktablari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati.