Samarqandda bu yil 88 ming nafardan ko‘proq bola 1-sinfga boradi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan 2023-2024-o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida "Salom, bog‘cha", maktablarda "Birinchi qo‘ng‘iroq", "Mustaqillik darsi" tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha tavsiya hamda namunaviy ssenariy ishlab chiqildi.
Xususan, joriy yilning 4-5-sentyabr kunlari maktabgacha ta’lim tashkilotlarida "O‘zbekiston - mening Vatanim" mavzusida ochiq mashg‘ulotlar tashkil etiladi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 4-sentyabr kuni soat 8:00 da "Birinchi qo‘ng‘iroq" tadbirlari “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostida o‘tkaziladi.
Viloyatda 1262 ta umumta’lim maktabi, 36 ta nodavlat ta’lim muassasasi, 1 ta boshqa vazirlik tasarrufidagi maktab mavjud. Yangi o‘quv yilida ushbu maktablarning 1-sinfiga 88 ming 533 nafar o‘quvchi qabul qilinishi ko‘zda tutilgan. Ayni kungacha 81 ming 926 nafar bola maktablarning boshlang‘ich sinflariga qabul qilingan. Bugungacha adm.maktab.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tgan 1-sinf o‘quvchilariga "Prezident sovg‘alari" to‘liq yetkazib berildi.
Jarayonlar davom etmoqda.