Samarqandda bu yilgi Mustaqillik bayrami qachon, qayerda nishonlanadi?

Davlatimiz mustaqilligining 32 yilligi asosiy bayram tantanalari bu yil Samarqand shahrining Qorasuv massividagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida o‘tkazish mo‘ljallangan.

31 avgust kuni erta tongdan bu yerda yoshlar sayli, maktab, oziq-ovqat, hunarmandchilik mahsulotlari yarmarkalari, shuningdek, sport o‘yinlari va musobaqalar tashkil etiladi.

Kechki soat 19:30 da bayram tantanasining musiqali qismi boshlanadi. Ya’ni, “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida o‘rnatilgan katta sahnada folklor ansambllari, bolalar va taniqli san’atkorlar turli musiqali chiqishlari bilan yig‘ilganlarga xush kayfiyat bag‘ishlaydi.

Bayram yakunida salyut otilishi ko‘zda tutilgan.

1 sentyabr kuni soat 19:30 da esa Samarqand shahri aholisi va mehmonlari uchun “Mo‘’jiza” amfiteatrida bayram tantanalari bo‘lib o‘tadi.