Samarqandda bugun 915 nafar abituriyent imtihonga kelmadi, 27 nafari test sinovlaridan chetlashtirildi

6 sentyabr kuni Samarqanddagi yettita ochiq maydonda o‘tkazilgan test sinovlarida jami 915 nafar abituriyent kelmadi.

DTM viloyat bo‘limining Zarnews.uz muxbiriga xabar berishicha, birinchi navbatda 527 nafar abituriyent testga kelmagan bo‘lsa, 16 nafari belgilangan qoidalarni buzgani uchun testdan chetlashtirildi.

Ikkinchi navbatdagi sinovlarda esa 388 nafar abituriyent test o‘tkaziladigan joylarga kelmadi, 11 nafari qoidani buzgani uchun sinovlardan chetlashtirildi.