Samarqandda bugun yuridik texnikumga test sinovlari bo‘lib o‘tdi: 2 nafar abituriyent imtihondan chetlatildi

Bugun Samarqand viloyati yuridik texnikumiga o‘qishga kirish uchun test sinovlari bo‘lib o‘tdi. Imtihonlar ikki navbatda olindi.
Davlat test markazi viloyat bo‘limi xabariga ko‘ra, 1-navbatda 540 nafar abituriyent qatnashishi kerak edi, ammo 266 nafar abituriyent noma’lum sabablarga ko‘ra imtihonga kelmadi. Test sinovlariga kirishda 1 nafar abituriyent mobil telefoni olib kirishga uringani uchun imtihondan chetlatildi.

2-navbatda 496 nafar abituriyent imtihonga qatnashishi kerak edi, biroq 283 nafari qatnashmadi. 1 nafar abituriyent mobil telefondan foydalangani uchun imtihondan chetlatildi.
Eslatib o‘tamiz: yuridik texnikumga 1036 nafar abituriyentdan ariza tushgan bo‘lib, ulardan 300 nafari o‘qishga qabul qilinadi.

Xurshida Ernazarova.