Samarqandda chet tili o‘qituvchilariga ustama belgilash bo‘yicha test sinovlari bo‘lib o‘tmoqda
Samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida chet tili o‘qituvchilarining bazaviy oylik maoshlariga ustama belgilash bo‘yicha test sinovlari bo‘lib o‘tmoqda.
Test sinovlarini o‘tkazish ikki navbatda belgilangan bo‘lib, bugun birinchi navbatda 105 nafar ishtirokchidan 78 nafari imtihonga keldi. Imtihon jarayonida 1 nafar o‘qituvchi telefondan foydalanishga uringani uchun test sinovlaridan chetlatildi.
Samarqandda chet tili o‘qituvchilari uchun rejalashtirilgan test sinovlari 26-28 may kunlari bo‘lib o‘tadi. Ushbu imtihonga 597 nafar talabgor tomonidan ariza tushgan.
Davlat test markazi Samarqand viloyat bo‘limi axborot xizmati.