Samarqandda chiqindidan elektr energiyasi ishlab chiqariladi

Samarqand shahrida Xitoyning “Shanghai SUS Environment Co Ltd” kompaniyasi bilan hamkorlikda chiqindini qayta ishlashga ixtisoslashgan qo‘shma korxona tashkil etiladi.


Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Akmal Shukurov va mazkur kompaniya bosh direktori Szishen Long uchrashuvida shunday kelishuvga erishildi. 

O‘zaro muloqot chog‘ida ushbu loyihani amalga oshirish yuzasidan tadbirlar rejasi belgilab olindi. 

Korxonada kuniga 1000 tonna chiqindini qayta ishlab, yoqish orqali 20 megavatt elektr energiyasi ishlab chiqarilishi mo‘ljallanmoqda. Muhimi, yangi korxonada 70 ta ish o‘rni yaratiladi. 

“Shanghai SUS Environment Co., Ltd.” keng qamrovli global kompaniya bo‘lib, uning faoliyati investitsiyalar, chiqindilardan energiya ishlab chiqarish loyihalari, ulardan foydalanish va texnologik takomillashtirish, ekosanoat parklarini qurish bilan bog‘liq. 2023 yilda butun dunyo bo‘ylab 78 ta WtE loyihasiga sarmoya kiritgan.