Samarqandda eksport qilingan tovarlar hajmi oshdi
Joriy yilning 11 oyi davomida Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan qiymati 1099,6 mln. AQSh dollari miqdorida tovarlar eksport bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan.
Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan – 309,5 mln. AQSh dollariga yoki – 39,2 foizga ko‘paygan.
Eksport qilingan tovarlar asosan:
Meva-sabzavot mahsulotlari - 386,8 mln. AQSh dollari yoki 35,2 foiz;
Metall va ulardan tayyorlangan buyumlar – 158,5 mln. AQSh dollari yoki 14,4 foiz;
Transport va qismlari - 140,9 mln. AQSh dollari yoki 12,8 foiz;
Oziq-ovqat mahsulotlari - 140,3 mln. AQSh dollari yoki 12,8 foiz;
To‘qimachilik mahsulotlari - 97,7 mln. AQSh dollari yoki 8,9 foiz;
Tamaki mahsulotlari - 78,5 mln. AQSh dollari yoki 7,1 foiz;
Tirik hayvonlar va ozuqalari - 25,6 mln. AQSh dollari yoki 2,3 foiz;
Tosh, keramika - 15,9 mln. AQSh dollari yoki 1,4 foiz;
Kimyo sanoati mahsulotlari - 11,3 mln. AQSh dollari yoki 1,0 foiz;
Boshqa tovarlar – 33,6 mln. AQSh dollari yoki 3,1 foiz.