Samarqandda "Yer soati" aksiyasi doirasida bir soat elektr energiyasi o‘chirildi

25 mart kuni Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tashabbusi bilan yurtimizda “Yer soati” kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan maxsus aksiyada barcha korxona-tashkilotlarga bir soat davomida elektr energiyasini o‘chirishi tavsiya etildi.

Asosiy maqsadi tabiiy resurslarni asrash, tejamkorlikka rioya qilish va bu orqali sayyoramizga g‘amxo‘rlik ko‘rsatishdan iborat bo‘lgan mazkur aksiyada viloyatimizdagi aksariyat korxona va tashkilotlar ishtirok etdi. Natijada ular tomonidan atigi 60 daqiqa davom etgan elektr ta’minotidagi o‘chirish jarayonida 1,3 million kVt /soat elektr energiyasi iqtisod qilindi.