Samarqandda fan olimpiadasining viloyat bosqichi boshlandi

Bugun Samarqand shahridagi Mirzo Ulug‘bek nomli matematika va fizika fanlariga ixtisoslashtirilgan maktab-internatida fan olimpiadasining viloyat bosqichi ochilish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Fan olimpiadasining viloyat bosqichida jami 1032 nafar 9-, 10-, 11-sinf o‘quvchilari, Prezident maktabi o‘quvchilari, kasb-hunar maktabi va akademik litsey talabalari ishtirok etmoqda.
Joriy o‘quv yilida ilk bor asosiy fan olimpiadasida ishtirokchilarga taqdim qilinayotgan yozma ish va test topshiriqlari qiyinlik darajasiga ko‘ra tabaqalashtirilgan ballar asosida baholanishi yo‘lga qo‘yildi.

Ikkinchi guruh fanlari (ona tili va adabiyot, tarix, geografiya, xorijiy tillar, rus tili va adabiyoti, qardosh tillar) bo‘yicha fan olimpiadasining viloyat bosqichi joriy o‘quv yilining fevral-mart oylarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.