Samarqandda gilam va gilam mahsulotlari ishlab chiqarish imkoniyatlari

Viloyatda to‘qimachilik sanoatida gilam va gilam mahsulotlari ishlab chiqarish muhim o‘rin tutadi.

Samarqand viloyatida gilam va gilam mahsulotlari ishlab chiqarish to‘qimachilik sanoati tarmog‘ining 27,2 foizini tashkil etmoqda. Gilam va gilam mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari soni 24 tani tashkil etib, ushbu korxonalar Samarqan shahrida 12 ta, Urgut tumanida 6 ta, Payariq tumanida 3 ta, Samarqand tumanida 2 ta va Oqdaryo tumanida 1 tani tashkil etadi. Korxonalarning ishlab chiqarish quvvati 42 006 ming kvadrat metrni tashkil etib, amalda 37 913 ming kvadrat metr gilam va gilam mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Sohada bugungi kunda 3661 nafar ishchi-xodimlar mehnat qilmoqda.

2020 yilda yengil sanoat mahsulotlari eksporti rejasi 95 million dollarni tashkil etib, shundan 40,6 foizi yoki 38,7 million dollar gilam va gilam mahsulotlariga to‘g‘ri keladi.