Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda ichida yo‘lovchilar bo‘lgan avtobus yuk mashinasiga urilib, ag‘darilib ketdi

Kecha, 27 dekabr kuni Samarqand viloyatining Oqdaryo tumani hududidan o‘tuvchi M-37 avtomobil yo‘lida “Isuzu” yuk avtomashinasi oldinda harakatlanib ketayotgan “Isuzu” avtobusini turtib yuborishi natijasida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lib, avtobus ag‘darilib ketgan.

To‘qnashuv oqibatida yo‘lovchi tashuvchi avtobus ichida bo‘lgan bir nafar yo‘lovchi birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan. Hozirda yo‘lovchining ahvoli yaxshi. Qolgan 17 nafar yo‘lovchilar sog‘-salomat uylariga kuzatib qo‘yilgan.

IIB YHXB axborot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur hodisa yuzasidan viloyat IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.