Samarqandda IIB xodimi derazaga osilib qolgan bolakayni qutqarib qoldi

Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi PPXvaJTSB Reabilitatsiya markazining nazorat o‘tish punktida xizmat olib borayotgan xodim kichik serjant E.Ibroximov oldiga Samarqand shahar 33-maktabning 9-sinf o‘quvchisi, Ziyodullayeva Parvina kelib, Gagarin ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uyning 3-qavatida joylashgan xonadonlardan birining balkoni tashqi tomoni derazasida, bolakay osilib qolganligi to‘g‘risidagi xabarni yetkazadi.

Xabarni olgan xodimlar, Gagarin ko‘chasidagi 95-uyning oldiga borishganida, haqiqatdan ham uyning 7-xonadoni 3-qavati tashqi tomonidan derazaga bolakay osilib qolganligi ma’lum bo‘ladi.

Zudlik bilan, bolakayga yordam ko‘rsatib uni xayotini saqlab qolish maksadida, IIB xodimlari Sh.Narzullayev va X.Baxronovlar shu ko‘p qavatli uyda yashovchi, fuqarodan odyol olib, shu yerda to‘planib turgan fukarolar bilan birgalikda bolakay 3-kavatdan tushib ketgan takdirda uni ushlab qolish uchun xavfsizlik choralarini ko‘rishadi.

Serjant J.Ismatov, F.Umurqulov xamda safdor I.Abdusattarovlar zudlik bilan ko‘p qavatli uyning 3-qavatiga chiqishib, xonaning eshigini taqqilatishganida xonadonda hech kim yo‘qligi ma’lum bo‘ladi, shundan so‘ng xodimlar zudlik bilan pastdan lom olib kelib, bolakayni qutqarib qolish maqsadida, ushbu xonaning eshigini lom bilan buzishib, xona ichkarisiga kirib, derazaga osilib turgan, 2013 yilda tug‘ilgan, voyaga yetmagan, Gafurov Islombekni qutqarib olishdi va bolakay onasiga soppa-sog‘ topshirildi.

Islombekning onasi 1990 yilda tug‘ilgan, X.F. bilan suhbatlashilganda u farzandini uxlatib, o‘zining shaxsiy yumushlari bilan tashqariga chiqib ketganligi ma’lum bo‘ldi.

Bolakayning onasi bilan profilaktik suhbat o‘tkazilib, kelgusida farzandini uyda qarovsiz qoldirib ketmasligi bo‘yicha ogohlantirildi.

Ushbu holatda tashabbus ko‘rsatgan fukarolar, Daminova Saodat hamda Kamilova Matlubalarga viloyat Ichki ishlar boshqarmasi o‘zining minnatdorchiligini bildiradi.

Achinarlisi shuki, olib borilayotgan ko‘plab profilaktik ishlarga qaramay fuqarolarimiz orasida farzand tarbiyasi borasida hanuzgacha befarqlik, loqaydlik holatlari uchramoqda.

Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi fuqarolarimizdan farzandlarini yolg‘iz, qarovsiz qoldirib ketmasliklari, ularga e’tiborli bo‘lishlarini so‘ragan.