Samarqandda ingliz tili o‘qituvchilarining xalqaro darajada malakasi oshiriladi
Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi hamda "Westminster Academy" NTM o‘rtasida memorandum imzolandi.
Ushbu memorandum maktab o‘quvchilarining ingliz tili va matematika fanlari, menejment, diplomatiya va xalqaro aloqalar sohasidagi bilimlarini kengaytirish, o‘qituvchilarning malakasini oshirish bo‘yicha hamkorlikda tizimli ishlarni olib borishga xizmat qiladi.
Hamkorlik doirasida Samarqand shahrining barcha maktablarida diplomatik klub ochish, ingliz tilida C1 darajasiga erishish uchun maktab o‘qituvchilari uchun maxsus kurslar tashkil qilish va boshqa muhim chora-tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.