Samarqandda IT xizmatlari eksporti 700 mingdan 3.2 million dollarga yetdi
Prezident raisligida IT infratuzilmasini yaxshilash, soha va tarmoqlarni raqamlashtirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Ta’kidlanishicha, bu yil IT sohasi eksporti Toshkent viloyatida – 100 mingdan 4,4 million dollarga, Samarqandda – 700 mingdan 3,2 millionga, Andijonda – 60 ming dollardan 2,8 million dollarga oshib, yuqori sur’atlarda o‘sdi. Surxondaryo ham ilk bor IT xizmatlari eksportini yo‘lga qo‘yib, 1 million dollardan oshirdi.
Lekin, eksport Qoraqalpog‘iston, Qashqadaryo, Namangan va Sirdaryoda 500 ming dollarga ham yetmaydi.
Hududlarda 20 mingdan ortiq yoshlar IT bilan mustaqil shug‘ullanib, xalqaro onlayn platformalar orqali yaratgan mahsulotini chetga sotayapti.
Masalan, farg‘onalik yosh dasturchi Brayl alifbosini tarjima qiladigan dastur yaratib, AQSh, Meksika va Braziliyaga 150 ming dollarga sotgan.