Samarqandda karantin qoidalariga amal qilmasdan, jamoat joyida spirtli ichimlik ichgan shaxs 15 sutkaga qamaldi
- 15.04.2020 09:43
- 325
- Jinoyat va jazo
Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB xodimlari tomonidan fuqaro M.A. Samarqand shahri Navoiy shoh ko‘chasida karantin qoidalarini buzib, niqobsiz, maqsadsiz yurganligi va jamoat joyida spirtli ichimlik iste’mol qilganligi aniqlangan.
Ushbu huquqbuzarlik bo‘yicha M.A.ga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtrilib sudga oshirilgan.
M.A. muqaddam ham jamoat joyida spirtli ichimlik ichgani uchun birnecha bor ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Ammo o‘ziga ijobiy xulosa chiqarmagan.
Samarqand shahar ma’muriy ishlar bo‘yicha sudining 2020 yil 13 apreldagi qaroriga ko‘ra, huquqbuzar M.A. O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 54-moddasi 1-qismi, 187-moddasi 2-qismi bilan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Bu haqda Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.