Samarqandda maishiy texnika mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi

Samarqand shahri kuni tadbirlari doirasida “Sino” aksiyadorlik jamiyatida “SAXARI” MChJ tomonidan qiymati 30 million dollarlik yangi loyiha ishga tushdi.

Uning ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda viloyat hokimi E.Turdimov va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Bugungi kunda loyihaning birinchi bosqichida jami 7,0 million AQSh dollari miqdorida investitsiya o‘zlashtirilgan bo‘lib, ushbu mablag‘lar korxonaga yangi zamonaviy asbob-uskunalar, xomashyo, butlovchi qismlar hamda korxonani qayta qurish va rekonstruksiya ishlariga sarflangan.

Shuningdek, ayni damda 7 turdagi muzlatkich ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, joriy yilning 9 oyida jami 20 ming 561 dona muzlatkichlar ishlab chiqarilgan va natijada bugungi kunga kelib jami 100 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan.