Samarqandda MIB 1 milliard so‘mdan ziyod ish haqini undirib bergan

Joriy yilning o‘tgan davrida hududiy bo‘limlar ish yurituviga fuqarolar manfaatlari yuzasidan qarzdorliklarni undirish borasida 1 trillion so‘mlik 81 mingdan ortiq ijro hujjatlari kelib tushgan va ijro ishlari yuritilgan.

Olib borilgan ijro harakatlari natijasida 20 mingdan ortiq ijro hujjati tamomlanib, 127 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ undirilgan.

Shuningdek, fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan uy-joylari, ishlab chiqarish imoratlari va boshqa inshootlar uchun hokimliklardan kompensatsiya undiruvi bilan bog‘liq 218 ta ijro ishi bo‘yicha jami 89,9 milliard so‘m mablag‘lar undirib berilgan.

Bundan tashqari, 644 nafar fuqaro foydasiga 5,1 milliard so‘mlik mablag‘lar, shu jumladan, 1 milliard so‘mdan ziyod ish haqlari hamda 8,1 milliard so‘mlik yetkazilgan zarar mablag‘lari undirilishi ta’minlangan.

Hozirda, fuqarolar foydasiga 61 ming 380 ta 659,2 milliard so‘mlik hamda yuridik shaxslar foydasiga 78 mingta jami 2 trillion so‘mlik ijro ishlari bo‘yicha majburiy ijro harakatlari davom ettirilmoqda.