Samarqandda navqiron avlod vakillariga harbiylar bayram tashkil etdi

Butun mamlakatimiz bo‘ylab keng nishonlanayotgan “Yoshlar kuni” tantanasi Markaziy harbiy okrugning Samarqand garnizonidagi harbiy qismda erta tongdan yosh harbiy xizmatchilar o‘rtasida milliy sport o‘yinlari musobaqasi bilan boshlandi.

Shundan so‘ng harbiy okrug qo‘mondonligi hamda harbiy qism harbiy xizmatchilar karantin qoidlariga rioya etib, farzandlariga va yoshlarga quvonch ulashish maqsadida teatr va konsert dasturlarini namoyish etishdi. Ibratli va qiziqarli teatr va sahna ko‘rinishlari yoshlar uchun unitilmas lahzalarni hadya qildi.

Shuningdek, tadbir davomida, harbiylar va yoshlar o‘rtasida turli sport o‘yinlari, jumladan, shaxmat-shashka, velosport, arqon tortish, bilan birga rassomchilik, kitobxonlik konkurslari o‘tkazildi.
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati xabar berishicha, tadbir yakunida ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari taqdim etildi va tankchilar bataloni shaxsiy tarkibi tomonidan yoshlarga bayram dasturxoni tashkil etildi.