Samarqandda noqonuniy ortib ketilayotgan 2,3 tonna alyuminiy rangli metal parchalari aniqlandi
Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Buxoro-Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan fuqaro S.F. boshqaruvidagi ISUZU yuk mashinasi to‘xtatilib, belgilangan tartibda nazoratdan o‘tkazilgan.
Natijada, avtomashina yukxonasida tegishli hujjatlari bo‘lmagan, qiymati 21 million so‘mlik, umumiy og‘irligi 2 340 kilogramm bo‘lgan alyuminiy rangli metall parchalari yashirilganligi aniqlangan.
Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Ma’lumot uchun, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 iyunda qabul qilingan «Rangli va qora metallar parchalari, chiqindilari bilan ishlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 425-sonli qaroriga asosan, jismoniy shaxslar ham metall parchalarini erkin narxlarda «O‘zmetkombinat» va «O‘zikkilamchiranglimetall» aksionerlik jamiyatlariga topshirishlari mumkin.