Samarqandda ofitserlar malaka oshirdi
- 07.02.2019 20:30
- 182
- Samarqand

Samarqand shahridagi harbiy qismda Markaziy harbiy okrug tasarrufidagi harbiy qism va muassasalarning tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha ofitserlari ishtirokida o‘quv-uslubiy yig‘in bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi viloyat vakilligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyati bo‘limi, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi, yoshlar ittifoqi viloyati kengashi vakillari ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan ofitserlarga tushuncha berdi
- Yig‘indan ko‘zlangan maqsad – tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha bo‘lim ofitserlarining bilimi, ma’naviy saviyasi va intellektual salohiyatini yuksaltirishdan iborat, - deydi podpolkovnik To‘lqin Xalilov. – Bu harbiylarning jangovar tayyorgarligini kuchaytirishga ham xizmat qiladi.
O.SONNIBOYEV.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
AQShda eng ko‘p qidirilgan jinoyatchi
- Bugun, 18:05
- O'qing, qiziq!
Nega kitob o‘qishga odatlanmay qo‘ydik?
- Bugun, 17:02
- Mutolaa
Endi grantlar manzilli bo‘ladi
- Bugun, 15:18
- Samarqand