Samarqandda onalik va bolalikni muhofaza qilish masalalari muhokama qilindi

Shu yilningto‘rt oyi davomida viloyatimizda onalik va bolalikni muhofaza qilish yo‘nalishida qilingan ishlar tahlili hamda onalar va bolalar o‘limining oldini olish bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda aynan shu mavzuga e’tibor qaratildi.
Muhokamada viloyat hokimining o‘rinbosari - oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Zebo Saidova, Sog‘liqni saqlash vazirligining bosh akusher-ginekologi Lola Abdullayeva, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Suhrob Zayniyev hamda shahar va tumanlardan kelgan akusher-ginekolog, pediatr-mutaxassislar, shuningdek, sohaga daxldor mutasaddilar ishtirok etdi.
Yig‘ilishda onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimidagi mavjud kamchiliklar, bolalar va ona o‘limi holatlarini tahlil qilish, har bir holat yuzasidan mas’ullarning shaxsiy javobgarligi, profilaktika ishlarining samaradorligini oshirish, ayollar salomatligi bo‘yicha olib borilayotgan skrining ko‘riklarining qamrovi va sifatini yaxshilash zarurligi ta’kidladi.
"Muloqot davomida har bir hudud bo‘yicha aniq raqamlar va tahlillar asosida mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi. Shuningdek, malakali kadrlar tayyorlash, homilador ayollar orasida kasallikni erta aniqlash va xavf omillarini boshqarish bo‘yicha ishlarni kuchaytirish lozimligi qayd etildi", deya xabar bermoqda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati.