Samarqandda “Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti kunlari” o‘tkazilmoqda

Samarqand shahridagi yoshlar markazida Ozarbayjon san’atkorlari, milliy ansambli hamda O‘zbekiston xalq artisti unvoni bilan taqdirlangan Ozarbayjon xalq artisti Gulyanag Mamadova, “Sharq taronalari-2017” Gran-pri laureati Sohib Pashazade ishtirokida konsert dastur bo‘ldi. Shuningdek, liboslar ko‘rgazmasi ham namoyish etilmoqda.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar, O‘zbekiston va Ozarbayjon xalqlarining ilm-fan, madaniyat sohasidagi hamkorligi, do‘stlik rishtalarining tobora mustahkamlanganligi e’tirof etishdi. Samarqandda o‘tkazilayotan Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti kunlarining shukuhi, unutilmas taassurotlar, ikki xalqning qardoshlik aloqalari, madaniyat va adabiyotdagi hamkorlikning izchilligi haqida gapirdilar.

Samarqand davlat unversitetida Ganira Pashayeva (Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlis Madaniyat qo‘mitasi rahbari) muallifligidagi “Addim-addim Özbǝkistan” (O‘zbekiston bosqichma-bosqich) kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari Rustam Qobilov ishtirok etdi.