Samarqandda piyodalar tomonidan boshqariladigan svetofor o‘rnatildi

Piyodalarga qulaylik yaratish hamda ularning xavfsizligini ta’minlash maqsadida Samarqand shahridagi Ibn Sino ko‘chasida (aeroport yo‘li, TATU Samarqand filiali binosi oldida) zamonaviy svetofor o‘rnatildi.

- Mazkur yo‘ldan transport vositalari ko‘p harakatlanadi, shu bilan birga talaba va o‘quvchi yoshlar ham o‘qishga borib-kelish uchun shu yo‘ldan o‘tib-qaytadi, - deydi Samarqand viloyati IIB YHXB matbuot xizmati xodimi Xurshid Safarov. - Shu sababli boshqarma tashabbusi bilan bu yerda piyodalar tomonidan boshqariladigan svetofor o‘rnatildi. Joriy yilda shaharning boshqa harakat tig‘iz yo‘llarida ham shunday zamonaviy svetoforlar o‘rnatish ko‘zda tutilgan.