Samarqandda “Prezident archasi” bayrami boshlandi
Samarqand shahrida Yangi yil bayrami munosabati bilan an’anaviy “Prezident archasi” tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Avvalo, Samarqand shahri va Samarqand tumanidan 236 nafar bola viloyat musiqali drama teatrida Qorbobo, Qorqiz hamda turli ertak qahramonlari tomonidan iliq kutib oldi.
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, joriy yilda viloyat bo‘yicha “Prezident archasi” bayram tadbirida ishtirok etish uchun jami 1006 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar ro‘yxati shakllantirildi. Ularning 748 nafari mahallalarda istiqomat qiluvchi yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, 63 nafari Oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilari, 60 nafari ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qilish yo‘lida qurbon bo‘lgan oilalarning bolalari, 59 nafari SOS bolalar uyi tarbiyalanuvchilari, 36 nafari “Mehrli maktab” o‘quvchilari, 18 nafari kichik hajmli bolalar uyi va 22 nafari viloyat bolalar uyi tarbiyalanuvchilaridan iborat.
“Mehrli maktab”, SOS bolalar uyi va viloyat bolalar uyi uchun 3 ta televizor yetkazib berildi. Bundan tashqari, “Mehrli maktab” bolalari uchun 6 ta stol o‘yini jamlanmasi taqdim etildi.
Shuningdek, “Mo‘’jiza” restoranida bayram dasturxoni tashkil etildi.
Tadbirda viloyat hokimi Adiz Boboyev ishtirok etib, bolajonlarni bayram bilan qutladi.
Viloyat hokimi va boshqa mas’ullar ishtirokida bolajonlarga “Prezident sovg‘asi” taqdim etildi.
Ushbu tadbirlar bolalarga Yangi yil quvonchi, iliq kayfiyat va unutilmas taassurotlar qoldirdi.