Samarqandda qalbga yaqin navolar yangradi

Unda samarqandlik ustoz san’atkorlar, yosh ijrochilar, san’at ixlosmandlari ishtirok etdi.   

Viloyat madaniyat boshqarmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan kechada Samarqand san’at kolleji qoshidagi “Maqom” ansambli sozanda va ijrochilari hamda Past Darg‘om tumanidagi 32-son bolalar musiqa va san’at maktabi yosh maqomchilari tomonidan musiqiy merosimiz hisoblangan “Shoshmaqom”, “Maqom”, “Buzruk”, “Rost”, “Navo” kabi o‘zbek xalq mumtoz qo‘shiqlaridan parchalar ijro etildi.

Tadbir davomida bugungi maqomchilar konsert dasturi endi doimiy ravishda Samarqand shahriga tashrif buyuradigan xorijlik ziyoratchilar, mehmonlar va mahalliy aholi uchun o‘tkazilishi aytib o‘tildi.

Maqom kechasida viloyat hokimining o‘rinbosari R.Qobilov ishtirok etdi.

Husan ELTOYeV.