Samarqandda qancha aholi emlandi?

Ayni kunlarda barcha viloyatlarda bo‘lgani kabi Samarqandda ham ma’lum guruhdagi aholi orasida emlash ishlari davom etmoqda. Ayni kunga qadar qancha aholi emlandi?

Bu haqda viloyat sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasidan ma’lumot so‘radik.

- 14 aprel holatiga ko‘ra viloyat bo‘yicha 20 mingdan ziyod aholi vaksinatsiyadan o‘tdi, - deydi viloyat sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi vakili Shoira Xalilova. - Emlanganlarning 7 mingdan ziyodi 65 yoshdan oshgan aholi sanaladi. 11 mingdan ortiq tibbiyot xodimlari ham emlash jarayonidan o‘tdi. Shu paytga qadar emlanganlar orasida nojo‘ya ta’sir qayd etilmadi.

Emlash viloyatning barcha shahar va tumanlarida davom etyapti.