Samarqandda qariyb 92 ming nafar saylovchi muddatidan oldin ovoz berdi
O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga ko‘ra, saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega.
Markaziy saylov komissiyasining shu yil 20 iyundagi qarori bilan 2023 yil 28 iyun - 5 iyul kunlari saylovchilar muddatidan oldin ovoz berdi.
Jumladan, samarqandlik 91 ming 857 nafar saylovchi bu imkoniyat tufayli konstitutsiyaviy huquqidan foydalandi.
Ayni paydagi ma’lumotlarga ko‘ra, 7-Samarqand saylov okrugi bo‘yicha saylovchilar umumiy soni 2 million 94 ming nafarni tashkil etmoqda. Ular orasida 760 nafar saylovchi saylovda ilk bor ishtirok etadi.
7-Samarqand okrug saylov komissiyasi matbuot markazi.