Samarqandda Qurbon hayiti munosabati bilan tarixiy joylar, mehmonxonalar va turistik xizmatlar uchun chegirmalar e’lon qilindi

Viloyat turizm va madaniy meros boshqarmasi axborot xizmati xabariga ko‘ra, Qurbon hayiti munosabati bilan joriy yilning 9-12 iyul kunlari Samarqand shahridagi tarixiy va madaniy meros ob’yektlarida, umumiy ovqatlanish joylari, mehmonxona va mehmon uylarida ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun ixtiyoriy chegirma va aksiyalar joriy etildi.

Jumladan, Registon maydoni, Amir Temur maqbarasi, Hazrati Xizr majmuasi kabi tarixiy va madaniy meros ob’yektlariga 20 foizdan 50 foizgacha, umumiy ovqatlanish joylaridagi xizmatlar uchun 7 foizdan 22 foizgacha,
joylashtirish vositalari (mehmonxona va mehmon uyi) xizmatlari uchun 10 foizdan 20 foizgacha chegirmalar belgilandi.