Samarqandda Sabanto‘y bo‘ldi

Samarqand shahrida viloyat "Umirzaya" tatar va boshqirdlar madaniyat markazining "Sabanto‘y" nomli an’anaviy hosil bayrami bo‘lib o‘tdi.

Unda o‘zbek, tojik, rus, nemis, koreys kabi turli millat vakillari ishtirok etdi.

- "Sabanto‘y" bayramini har yili birgalikda nishonlaymiz, - deydi viloyat tatar-boshqird madaniyat markazi rahbari o‘rinbosari Zakiya Tilavova. - Bu kabi hamjihatlikda o‘tkaziladigan tadbirlarimiz ko‘payishini istayman. Biz ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelayotgan urf-odat va an’analarimizni saqlab qolib, yoshlarimizni ham bundan bahramand etishimiz kerak.

Tadbirda turli tillardagi ajoyib kuy-qo‘shiqlar, milliy ruhni o‘zida aks ettirgan raqslar tomoshabinlar e’tiboriga havola etildi.

Jasurbek Shukurov.