Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda Senat a’zolari saylandi

Samarqand shahridagi Yoshlar markazida xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlarining Oliy Majlis Senatiga a’zolarni saylash bo‘yicha qo‘shma majlisi yakunlandi.

Unda deputatlar Senat a’zolarini sayladi. Demokratik talablar asosida yopiq ovoz bilan o‘tgan saylov natijalariga ko‘ra olti nafar nomzodning barchasi qo‘shma majlisda ishtirok etgan saylovchilarning ko‘pchilik ovozi bilan O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati a’zoligiga saylandi.

Ular bilan tanishing:

- 2-Afrosiyob  saylov okrugidan deputat, Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov;

- 8-Turon saylov okrugidan deputat, Samarqand davlat universiteti rektori Rustam Xolmurodov;

- 17-Ko‘kgumbaz saylov okrugidan deputat, viloyat hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Gavhar Alimova;

- 28-Kattaqo‘rg‘on saylov okrugidan deputat, O‘zbekiston Qahramoni, “Nuroniy” jamg‘armasi Samarqand viloyat bo‘limi raisi Hasan Normurodov;

- 37-Sultonobod saylov okrugidan deputat, "Zarafshon" va "Samarkandskiy vestnik" gazetalari birlashgan tahririyati bosh muharriri Farmon Toshev;

- 47-Ohalik saylov okrugidan deputat, “Agromir group” direktorlar assotsiatsiyasi Kengashi raisi Shavkat Jalolov.