Samarqandda taksi haydovchisi giyohvand modda sotayotganda ushlandi

Joriy yilning 9 sentyabr kuni Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB 9- IIB xodimlari tomonidan shahardagi Qorasuv massivi Obod-maskan mahallasida tezkor tadbir o‘tkazildi.

1987 yilda tug‘ilgan P.S. B.B. ismli shaxsga paketga o‘ralgan “gashish” giyohvandlik moddasini sotgan vaqtda ushlandi.

Bundan tashqari, gumonlanuvchi boshqaruvidagi «Spark» rusumli avtomashina ko‘zdan kechirilganda, 0,5 litrli yelim idishda chekilgan “gashish” giyohvandlik moddasi hamda bita tayoq borligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirildi.

Viloyat IIB axborot xizmatining xabariga ko‘ra, mazkur holat Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.