Samarqandda turizm oyligi e’lon qilindi
Bu haqda viloyat turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i Rustam Qobilov ma’lum qildi
“Yangi yilni sayohat bilan boshlang!” shiori ostida o‘tkazilayotgan oylik 2021 yilning 31 dekabridan 2022 yil 31 yanvarigacha davom etadi.
Viloyat turizm va sport bosh boshqarmasi axborot xizmatining Zarnews’ga xabar bereshicha, bundan maqsad - aholini sayohatlarga jalb etish orqali ichki turizmni rivojlantirish. Oylik davomida viloyatdagi umumiy ovqatlanish shoxobchalari, turistik transport xizmati, joylashtirish vositalari hamda turistik firmalar tomonidan sayohat dasturlariga 22 foizgacha chegirmalar joriy etiladi.
Chegirmalar bilan viloyat turizm va sport bosh boshqarmasining Samarkand.travel rasmiy kanali orqali tanishishingiz mumkin.