Samarqandda viloyat prokuroriga murojaat qilgan tadbirkorning soliq to‘lovlari qayta hisoblandi
“Humo omad savdo markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Z.Davlatova 16 dekabr kuni viloyat prokurorining sayyor qabulida soliq to‘lovidagi tushunmovchilik va uning ortidan yuzaga kelgan muammo bilan murojaat qilgan.
E’tiborlisi, masala qisqa kunlarda ko‘rib chiqilib, murojaat qanoatlantirilgan.
Viloyat prokuraturasidan ma’lum qilishlaricha, jamiyat joriy yil 3 fevralda Paxtachi tumani Davlat xizmatlar markazidan yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan va ro‘yxatdan o‘tkazish chog‘ida umumbelgilangan soliq to‘lash tartibi tanlangan.
Yani ro‘yxatdan o‘tish chog‘ida qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘ini to‘lashga ixtiyoriy ravishda to‘lashni emas, umumbelgilangan soliq to‘lash tarifiga o‘tgan.
Shu bois, Z.Davlatova tushunmasdan umumbelgilangan soliq to‘lash tartibini tanlanganligi jamiyatning soliq rejimini umumbelgilangan tartibdan soddalashtirilgan tartibga o‘tkazishda amaliy yordam berish to‘g‘risida Davlat soliq qo‘mitasiga xat berildi.
Xat Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqilib, “Humo Omad Savdo Markazi” MChJning soliq rejimi soddalashtirilgan tartibga o‘tkazildi. Natijada tadbirkorga 50 million so‘m emas, 14 million so‘m soliq hisoblandi.