Samarqandda xalqaro anjuman boshlandi
10-11 oktyabr kunlari Samarqand shahrida “Mirzo Ulug‘bek: buyuk qomusiy olim va mashhur davlat arbobi” mavzusidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi.
Davlatimiz rahbarining shu yil 12 sentyabrdagi qaroriga ko‘ra, yurtimizda buyuk qomusiy olim va mashhur davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630 yilligini keng nishonlanmoqda.
Mazkur qaror ijrosi yuzasidan
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi va Samarqand viloyati hokimligi tomonidan tashkil etilgan mazkur anjuman qatnashchilari dastlab Mirzo Ulug‘bek rasadxonasida bo‘lib ulug‘ alloma haykali poyiga gullar qo‘ydilar.
Ayni paytda Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida konferensiya o‘z ishini boshlamoqda.