Samarqandda yana 7 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi
Samarqand viloyatida 7 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib chiqdi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.
Tuzalganlarning Samarqandan viloyati (6 nafari Toyloq tumani, 1 nafari Samarqand tumani)dan bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olishgan.
Ulardan 3 nafari erkak, 4 nafari ayollardir. Ularning yoshi kattasi 70 yoshda, yoshi kichigi esa 4 yoshli bola.
Viloyatda shu paytga qadar 14 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 21 nafarga yetdi.
Bugunning ayni paytiga qadar yurtimizda 49 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 1182 nafarni tashkil etmoqda, deb xabar berdi SSV matbuot xizmati.