Samarqandda yana noqonuniy oltin qazuvchilar aniqlandi

Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi hamda IIB xodimlari bilan hamkorlikda Paxtachi tumanida tarkibida oltin moddasi bo‘lgan ruda toshlarini talon-taroj qilish bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yilgan.
O‘tkazilgan tezkor tadbirda, Paxtachi tumanida yashovchi besh nafar fuqaro uyida tarkibida oltin moddasi bo‘lgan toshlarni maydalash va qayta ishlash bilan shug‘ullanib kelayotganligi aniqlangan. Ularning xonaonidan 6,5 tonnadan ziyod tarkibida oltin moddasi bo‘lgan qum, toshlar hamda boshqa ashyoviy dalillar (6 dona tosh maydalash tegirmoni, 4 ta qum yuvish moslamasi, elektron tarozi) xujjatlashtirilgan.
Hozirda, jinoiy guruh a’zolariga jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi rejalashtirilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.