Samarqandda yangi o‘quv yilidan 22 ta texnikum ochiladi
2020-2021 o‘quv yilidan viloyat kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi tasarrufida 37 ta kasb-hunar maktablari, 5 ta idoraviy kollejlar, 22 ta oliy ta’lim muassasalari huzuridagi texnikumlar faoliyat ko‘rsata boshlaydi.
Ayni vaqtda viloyatdagi professional ta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash maqsadida, 865 m.kv deraza oynalarini almashtirish, 19 ta ta’lim muassasalari binolarining 4000 m.kv tom qismini ta’mirlash, 62 ta ta’lim muassasasining binolarini mukammal ta’mirlash, 8 ta ta’lim muassasasining qozonlarini ta’mirlash va 60 ta energiya tejovchi qozonlarga almashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Viloyat iqtisodiy taraqqiyot va
kambag‘allikni qisqartirish
boshqarmasi axborot xizmati.