Samarqandda yong‘inlardan 86 million so‘m zarar ko‘rildi

Samarqand shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan profilaktika ishlari olib borilishiga qaramasdan, 2020 yilning o‘tgan besh oyi mobaynida shahar hududida 68 ta yong‘in sodir bo‘ldi. Jumladan, turar joy binolarida 56 ta yong‘in yuzaga keldi.

Yong‘in kelib chiqishiga asosan bolalarning olov bilan o‘ynashi, transport vositalariga ehtiyotsizlik, elektr uskunalaridan noto‘g‘ri foydalanish, shuningdek, qo‘lbola pechlarni ishlatish sabab bo‘lgan. Yong‘inlarda 2 fuqaro halok bo‘lgan hamda bir nafar fuqaro tan jarohati olgan. Yong‘in oqibatida ko‘rilgan moddiy zarar miqdori 86 million so‘mni tashkil etmoqda.

Bunday noxush hodisalarning oldini olish uchun har bir kishi mas’uliyatni his qilgan holda, yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iya rioya qilmog‘i zarur.

Ihtiyor KAShANOV,

Samarqand shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limi inspektori.