Samarqandda Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindorlari saralanmoqda

Samarqandda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti uchun tanlovning viloyat bosqichi boshlandi. Unda viloyatning barcha shahar va tumanlaridan tanlovning quyi bosqichlarida g‘oliblikni egallagan qizlar 7 yo‘nalish bo‘yicha ishtirok etmoqda.

Tanlovning ochilish marosimida viloyat hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi G.Alimova ishtirok etib, ishtirokchilarni qutladi.

- Joriy yilning oktyabr-sentyabr oylarida bo‘lib o‘tgan tanlovning shahar, tuman bosqichlarida 1986 nafar qizlar ishtirok etib, ularning 131 nafari viloyat bosqichiga tavsiya etildi, - deydi G.Alimova. - Keyingi yillarda har bir viloyatdan ikki nafardan qizlarning ushbu mukofotga sazovor bo‘layotgani iqtidorli qizlar uchun yaxshi imkoniyat bo‘ldi.

Qizlar ayni paytda erishgan yutuqlariga to‘xtalib, tanlov komissiyasi a’zolarining mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid savollariga javob bermoqda.

G.MO‘MINOVA.