Samarqanddagi ikkita oliy ta’lim muassasasida oziq-ovqat texnologiyasi yo‘nalishi ochildi

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetiga 2024-2025-o‘quv yili uchun bakalavriatning kunduzgi ta’lim yo‘nalishiga 401 nafar abituriyent davlat granti, 768 nafari to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilindi.
Universitetning sirtqi ta’lim yo‘nalishiga 13 nafar abituriyent davlat granti, 652 nafari to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etildi.
Shuningdek, universitetda yangi o‘quv yilidan “Oziq-ovqat texnologiyasi”, “Menejment” yo‘nalishlari ochildi.

***

Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida kunduzgi ta’lim yo‘nalishida 379 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etildi. Shundan 98 nafari davlat granti, 281 nafari to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilindi.
Sirtqi ta’lim yo‘nalishida esa 3 nafar abituriyent davlat granti, 102 nafari to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etildi.
Shuningdek, institutda joriy yilda “Oziq-ovqat texnologiyasi” yo‘nalishi ochildi.
Eslatib o‘tamiz: Oziq-ovqat texnologiyasi mutaxassislari asosan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxona va zavodlarda ishlaydi.