Samarqanddagi Mir Said Baraka mahallasida mehr to‘yi o‘tkazildi
Samarqand shahridagi Mir Said Baraka mahallasida homiylar ko‘magida kam ta’minlangan oila farzandlarining sunnat to‘ylari o‘tkazib berildi.
- Nafaqat mahallamizdagi, balki qo‘shni mahallalardagi bolalar ham doim e’tiborimizda, e’zozimizda, - deydi vaqtincha mahalla raisi vazifasini bajaruvchi Sherzod Saydullayev. – Mir Said Baraka, Siyobcha va Mingtut mahallalaridagi kam ta’minlangan oilalarning 4 nafar farzandi sunnat to‘yini mahallamiz aholi bilan hamjihatlikda, bir yoqadan bosh chiqarib tashkil etdik. Tadbirkorlarimizdan Gulnora Amonova, Baxtiyor Mo‘sinov va Farhod Xo‘jayev bolalarni bayramona kiyintirib, to‘kin dasturxon yozishdi. Mahalla markazi bayramona bezatildi. Darvoqe, bolajonlarning sunnat to‘yida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Vahobiddin Bahriyev hamda boshlovchi Aziz Niyazovlar barchaning qalbiga xushkayfiyat ulashdi.
Tadbir davomida Samarqand shahrining yosh sportchilari yunon-rum kurashi bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish etdi.